235
Braziliya prezidenti Isroil harakatlarini Gitler jinoyatlari bilan solishtirgani uchun kechirim so‘rashdan bosh tortdi
Foto: Reuters
Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva G‘azo sektorida sodir bo‘layotgan voqealarni genotsid deb atagani uchun uzr so‘rash niyatida emas. Bu haqda prezidentning xalqaro ishlar bo‘yicha maxsus vakili Selso Amorim ma’lum qildi, deb yozadi CNN Brasil.
“Biz har doim bir-birimizga juda hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz va ikki davlat yaratish g‘oyasini himoya qilganmiz, lekin kechirim so‘rashga o‘rin yo‘q. Isroil o‘zini tobora kuchayib borayotgan izolyatsiya holatiga qo‘ymoqda”, — deydi Braziliya prezidenti maslahatchi.
Avvalroq Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kas Braziliya prezidentini persona non grata deb e’lon qilgan edi. Diplomatning aytishicha, Lula da Silva o‘z so‘zlari uchun uzr so‘ramaguncha Isroilda persona non grata bo‘lib qoladi.
“Biz bosh egmaymiz. Braziliya prezidenti Lula uzr so‘ramagunicha va yahudiy xalqi hamda Isroilga qaratilgan antisemitizmdan voz kechmaguncha, u Isroilda xohlanmaydigan shaxs bo‘lib qoladi”, — dedi Isroil vaziri.
Braziliya prezidenti persona non grata deb e’lon qilinganidan so‘ng Isroildan elchisini chaqirib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!
«Eng kuchli» pasportlar reytingi e'lon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
Olimlar: internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda
AQShning 2024 yilda yuz bergan tabiiy ofatlardan koʻrgan zarari qanchaga etdi?
Jurnalistlar halok boʻlgan 88 ming rossiyalik harbiylarning ismini aniqladi