
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiya agentligi rahbariyati va Kuvaytning Neocare hospital va Kuwait organization for trainings kompaniyalari ta’sischisi, Adan Hospital shifoxonasi jarrohlar bo‘limi boshlig‘i Muhammad al-Kandari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, uchrashuvda Kuvayt tibbiyot muassasalaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muhammad al-Kandari mamlakat shifokor va hamshiralarining salohiyatini yuqori baholadi. Uning aytishicha, ingliz tilini yaxshi bilgan o‘zbekistonlik shifokorlar va hamshiralar uchun Kuvayt shifoxonalarida ishlash imkoniyati mavjud.
Onlayn muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston shifokor va hamshiralarini Kuvaytdagi shifoxonalarda ishlash uchun yuborish to‘g‘risida bitim loyihasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldi.
O‘zbekiston TashqiMehnat MigratsiyaKuvayt ShifoxonasiOnlayn UchrashuvTibbiyot MuassasalariShifokor Hamshiralar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar