14:00 / 04.03.2024
101

Rossiyada imo-ishora tilining onlayn lug‘ati bloklandi

Rossiyada imo-ishora tilining onlayn lug‘ati bloklandi
Foto: Oleksandr Latkun/imagebroker/IMAGO
Rossiyada Spread the sign xalqaro imo-ishora tili lug‘atining veb-sayti bloklangan. Bu haqda 3 mart, yakshanba kuni «Mediazona» internet nashri yozdi. Bloklash 19 fevral kuni sodir bo‘ldi, deya ta’kidlaydi «Roskomsvoboda» loyihasi. Veb-sahifaga kirishni cheklashga aynan nima sabab bo‘lgani aniqlashtirilmagan.

Saytning asosiy sahifasidagi «Reklama» bo‘limida rus tili tanlansa, 2022 yil 14 mart kuni Rossiya Birinchi kanalining kechki yangiliklar ko‘rsatuvidan stop-kadr paydo bo‘ladi. O‘shanda kanal xodimi Marina Ovsyannikova urushga qarshi plakat bilan jonli efirga yugurib chiqqandi. Bundan tashqari, til saytining asosiy sahifasida rus va ingliz tillarida «Urushni to‘xtating» yozuvi bilan Ukraina bayrog‘i tasviri mavjud.

Spread the sign lug‘ati 2006 yilda Yevropa imo-ishora tili markazi notijorat assotsiatsiyasi loyihasi sifatida ishga tushirilgan. Hozirda u 31 ta tilni tanlash imkoniyatini taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo