Xitoyda odamlar tabiiy ofatlarni boshdan kechirish uchun pul to‘lamoqda (video)

Xitoyning Xanchjou shahrida odamlar tayfun va suv toshqinlarini real sharoitga yaqin tarzda boshdan kechirib, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Lvxing Disaster Simulation Training Center markazida ishtirokchilar soatiga 165 kilometrgacha tezlikdagi shamol va kuchli yomg‘irni o‘z ichiga olgan tayfun simulyatsiyasidan o‘tishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Markazning boshqa qismida tog‘lardan keladigan toshqinlarni taqlid qilish uchun 900 tonna suv harakatga keltiriladi. Shuningdek, ishtirokchilar suv bosgan shahar hududi yoki yerosti inshootidan xavfsiz chiqib ketishni mashq qiladi. Bunday mashg‘ulotlarda ular maxsus gidrokostyum, kaska va xavfsizlik xodimlari nazoratida bo‘ladi.
Bir kunlik mashg‘ulot narxi 1599 yuan — taxminan 235 dollarni tashkil etadi. Markaz 2025 yil may oyida ochilgan bo‘lib, shu vaqtdan beri 160 mingdan ortiq kishi undagi mashg‘ulotlarda ishtirok etgan.
Kelgusida Xitoyning boshqa hududlarida ham shunday markazlar ochilishi va yong‘in hamda zilzila kabi boshqa favqulodda vaziyatlarni simulyatsiya qilish rejalashtirilgan.






























Izohlar 0
…