343 km/soat tezlikda ketayotgan kater havoga ko‘tarilib, bir necha marta ag‘darildi (video)

343 km/soat tezlikda ketayotgan kater havoga ko‘tarilib, bir necha marta ag‘darildi (video)

AQSHning Missuri shtatidagi Ozarks ko‘lida o‘tkazilgan Lake of the Ozarks Shootout poygasida “Dirty Duck” nomli tezyurar kater jiddiy avariyaga uchradi. Bu haqda Incidentia xabar berdi.

29 avgust kuni bo‘lib o‘tgan poygada kater marraga yaqinlashganda 213 mil/soat, ya’ni qariyb 343 km/soat tezlikka erishgan. Shundan so‘ng katerning old qismi suvdan ko‘tarilib, u havoga otilgan va bir necha marta ag‘darilib, yana ko‘lga qulagan.

Kater bortida ikki kishi —haydovchi Adam Serafin va trottlmen Rasti Uilyams bo‘lgan. Avariya oqibatida Serafinning oyog‘i singan, Uilyams esa jiddiy jarohat olmagan. Qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga bir necha soniya ichida yetib kelgan.

Keyinchalik “Dirty Duck” jamoasi kater yuqori tezlikda harakatlanayotganda pastga bosuvchi kuch (downforce) kamaygani sababli havoga ko‘tarilganini ma’lum qilgan.

Hodisa aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Katta tezlikdagi avariyaga qaramay, hodisa o‘lim bilan yakunlanmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar