Foto: BelTA
9 mart kuni Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Rossiya Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd uyushtirish niyatida emasligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar bermoqda.
“Sizningcha, agar biz Zelenskiy kortejiga hujum uyushtirmoqchi bo‘lsak, buni uddalay olmaymiz, deb o‘ylaysizmi? Bu oddiy savolga javob berishga harakat qilib ko‘ring, vijdonan javob berishga harakat qiling”, — degan Rossiya vakili BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
Dmitriy Polyanskiy Rossiya tomonidan Odessa hududidagi Ukraina harbiy obyektlari bombardimon qilinishi masalasiga diqqat qaratgan. Unga ko‘ra, Odessada Ukraina harbiy salohiyatini kamaytirish mamlakat prezidenti Zelenskiyni o‘ldirishdan ko‘ra dolzarbroq bo‘lgan. Chunki frontda qarshilikni Zelenskiy emas, balki Odessada jamlanayotgan G‘arb harbiy texnikasi ta’minlamoqda.
“Agar sizlardan ba’zilaringiz Rossiya Kiyev rejimi rahbaridan qutulishni maqsad qilmoqda, deb o‘ylasangiz, men hafsalangizni pir qilishga majburman: bizda bunday reja yo‘q”, — degan rossiyalik diplomat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi