23:10 / 22.03.2024
84

Buyuk Britaniyadagi 200 dan ortiq o‘yinchoq nomini biladigan it bilan tanishing

Buyuk Britaniyadagi 200 dan ortiq o‘yinchoq nomini biladigan it bilan tanishing
Maks laqabli aqlli kuchuk Border Kolli turiga mansub itdir. Yetti yoshar jonivor Buyuk Britaniyada egasi Martin Morris va uning rafiqasi bilan istiqomat qiladi.

U boshqa itlardan kuchli xotirasi bilan ajralib turadi. Maks 231 ta turdagi o‘yinchoqlar nomini yoddan biladi, deb yozadi Peopletalk nashri.

Foto: YouTube
Kuchuk egasining aytishicha, u va rafiqasi boshqa xonadan “Gektor tipratikani” deb qichqirsa, it yetti qop o‘yinchoqlarni kesib o‘tib, aynan keraklisini topadi va olib keladi. Martinning so‘zlariga ko‘ra, Maks juda iste’dodli jonivor. Ular Maksning mashhur it bo‘lishini istaydi.

Foto: YouTube
Aqlli it egasining so‘zlariga ko‘ra, u har hafta Maksga yangi o‘yinchoqlar xarid qilgan, uyqudan avval esa o‘yinchoqlarga nom berish o‘yinini o‘ynashgan.

Barcha o‘yinchoqlarni ajratishi uchun Morris itga ovqat berish orqali rag‘batlantirmagan, it mustaqil ravishda o‘yinchoqlar nomini o‘rganib olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo