Foto: Reuters
25 mart kuni Nyu Yorkdagi apellyatsiya sudi 10 kun ichida 175 million dollar garov puli evaziga firibgarlik bo‘yicha AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan yarim milliard dollarlik jarimani kechiktirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Tramp allaqachon bu miqdorni to‘lashga rozi bo‘lgan. Bu unga mol-mulkini musodara qilishdan qochish va moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topilgan fevral hukmi ustidan shikoyat qilish imkonini beradi.
Avvalroq, apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun Trampdan garov sifatida jarimaga tortilgan 454 million dollarni to‘liq to‘lash talab qilingan. Prokuror Letitsiya Jeyms (Demokratik partiya a’zosi) Trampning mol-mulkini tortib olishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan.
Shuningdek, shtat sudi o‘z hukmi bilan sudya Artur Engoronning Tramp va uning ikki o‘g‘liga kompaniyada keyingi ikki yil davomida rahbarlik lavozimlarini egallashini taqiqlash haqidagi qarori ijrosini to‘xtatgan.
25 mart kuni Trampning Truth Social ijtimoiy tarmog‘i Nasdaq fond birjasida ommaga ko‘tarilayotgani ma’lum bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, bu sobiq prezidentga 3 milliard dollarga yaqin foyda keltirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”