Foto: Maksim Shipenkov/EPA/TASS
Rossiyaning Oltoy o‘lkasi, Rubsovsk shahri sudi ushbu shaharda yashovchi O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida qaror chiqardi.
Qayd qilinishicha, 1993 yilda tug‘ilgan yigit 24 mart kuni Rubsovsk shahridagi do‘konda «Krokus Siti Xoll» binosida sodir etilgan terrorchilik harakatini ochiqchasiga oqlagan.
Shundan so‘ng, Rossiya Jinoyat-protsessual kodeksining 91-92-moddalariga asosan hibsga olingan. 28 mart kuni unga nisbatan «Terrorchilik harakatini ommaviy oqlaganlik» moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
Sud, ayblanuvchining Rossiya jamoat xavfsizligiga qarshi o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyatni sodir etgani, xorijiy davlat fuqarosi ekani, Rossiya hududida ro‘yxatgan o‘tmagani, doimiy yashash joyi va qonuniy daromad manbaiga ega emasligini hisobga olib, 2024 yil 26 mayga qadar (2 oy muddatga) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlagan.
Qaror qonuniy kuchga kirmagan, ayblanuvchi shikoyat berishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)