Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Moskva viloyatidagi Crocus City Hall‘dagi terakt bo‘yicha foydali maʼlumotga ega ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Makron mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyudan bu borada rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan muzokara o‘tkazishni so‘ragan. Fransiya prezidenti aynan qanday maʼlumotlarga ega ekanligiga aniqlik kiritmagan.
“Aslida, men tegishli vazirliklardagi xizmatlar rahbarlaridan texnik muzokaralar o‘tkazishni, birinchi navbatda, hamjihatlikni bildirishni so‘radim. Chunki terakt uyushtirish borasida foydali maʼlumotlarga egamiz. Men tafsilotlarni bu yerda oshkor qilmayman”, — dedi Fransiya prezidenti jurnalistlarga.
U terror xurujlaridan jabr ko‘rgan davlatlar bilan hamkorlikni zarur deb bilishini taʼkidladi.
3 aprel kuni bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Sergey Shoygu teraktni tashkil etishda “Ukraina izi” borligini maʼlum qildi va Ukraina rasmiylari, uning so‘zlariga ko‘ra, “G‘arb kuratorlari roziligisiz hech narsa qilmayapti”.
Emmanuel Makron bu bayonotlarni tahdidli deb atadi va Fransiya yoki Ukrainaning teraktga aloqadorligi haqidagi maʼlumotlar hech qanday asosga ega emasligini bildirdi.
Crocus‘dagi terakt
Moskva viloyati Crocus City Hall‘dagi terakt 22 mart kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bir necha qurollangan kishi konsert zali binosiga bostirib kirib, olomonni otib tashlagan, keyin esa binoni yoqib yuborgan. Terakt oqibatida 143 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohatlangan. Hujumni sodir etishda Tojikistonning to‘rt nafar fuqarosi ayblangan, sud ular aybiga iqror bo‘lganini maʼlum qilgan.
Mazkur holatdan keyin Rossiyada migrantlarga nisbatan munosabat o‘zgargan. Tojikiston prezidenti hujumni “sharmandali va dahshatli voqea” deb atagan hamda ota-onalarni farzandlari tarbiyasiga jiddiyroq eʼtibor qaratishga chaqirgan.
O‘z navbatida, Rossiya tergovchilari terakt ishtirokchilarining oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga borgan. Shundan keyin Vahdat shahrida yashovchi to‘qqiz nafar tojikistonlik Crocus‘dagi terakt ijrochilari bilan aloqadorlikda ayblanib, qo‘lga olingan. Hibsga olinganlar ISHID bilan aloqada bo‘lganlikda ham gumon qilinmoqda.
Dog‘istonda ham aksilterror operatsiya o‘tkazilib, to‘rt nafar Tojikiston fuqarosi ushlangan. Ular teraktning asosiy ishtirokchilarini qurol va pul bilan taʼminlagani aytilmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hukumatini rasman Crocus City Hall‘dagi teraktda ayblagan. Ukraina rasman mazkur ayblovlarni rad etgan. O‘z navbatida, ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘limi “Viloyati Xuroson” ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini bir necha bor taʼkidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi