07:13 / 07.04.2024
166

Afg‘onistonda Ramazon hayiti munosabati bilan 400 dan ortiq mahbus ozod etildi

Afg‘onistonda Ramazon hayiti munosabati bilan 400 dan ortiq mahbus ozod etildi
Foto: Afghanistan Times
Afg‘oniston hukumati Ramazon hayiti munosabati bilan mamlakat qamoqxonalarida hukm o‘tayotgan 400 nafar mahkum ozod qilinishini ma’lum qildi. Bu haqda ToloNews nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Islom amirligi rahbari buyrug‘i bilan Pul-e-Charxi qamoqxonasidan 406 nafar mahkum ozod etilgan. Mamlakat Oliy sudi audit departamenti rahbari o‘rinbosari Abdul Vali Mahmud aytishicha, ozod etilganlarning 338 nafari erkak, 40 nafari ayol va 28 nafari bolalardan iborat.

Sud va yuridik idoralar bilan aloqa bo‘limi boshlig‘i Abdulla Haqiq aytishicha, qamoqda bo‘lgan va hozirda ozodlikka chiqayotganlar nojo‘ya xatti-harakatlari va shariat qoidalarini buzganliklari sababli bu yerga olib kelingan bo‘lgan. Rasmiylar xabariga ko‘ra, boshqa ko‘plab mahkumlarning ham hukmni o‘tash muddatlari qisqartirilgan.

Biz bu mahbuslarning oila a’zolaridan ularning kelajakda shariat va qonunlarga zid bo‘lgan, jamiyatda korrupsiyaga olib keladigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘raymiz”. — deyiladi rasmiy bayonotda.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Islom amirligi rahbarining farmoni asosida mamlakat bo‘ylab jami 2 mingga yaqin mahkum qamoqxonalardan ozod etilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo