06:56 / 09.04.2024
122

Eron Isroil tomonidan vayron qilingan elchixona o‘rniga Suriya poytaxtida yangi konsullik markazi ochdi

Eron Isroil tomonidan vayron qilingan elchixona o‘rniga Suriya poytaxtida yangi konsullik markazi ochdi
Foto: IRNA
Eron hukumati Suriya poytaxti Damashqda yangi konsullik markazi ochdi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amirabdullohiyon 8 aprel kuni Damashqda konsullik binosi rasmiy ochilish marosimida ishtirok etgan. U ,shuningdek, Isroil hujumi sodir etilgan joyga ham tashrif buyurgan.

O‘tgan haftada Isroil sodir etgan hujumda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Suriyadagi harbiy maslahatchisi, brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy va yana olti nafar eronlik halok bo‘lgan edi. Husayn Amirabdullohiyon hujum sodir etilgan yerda turib, marhum harbiylarga hurmat bajo keltirgan.

Foto: IRNA
Manbaga ko‘ra, yangi konsullik binosi vayron bo‘lgan elchixona binosiga tutash. Konsullik binosi ochilishida Isroil hujumida yaralangan shaxslardan biri ham ishtirok etgan.

Foto: IRNA
Eron tashqi ishlar vaziri Damashqda Suriya xorijiy idorasi vakili Faysal Mekdod va prezident Bashar al-Assad bilan uchrashgani ma’lum. Uchrashuv tafsilotlari keyinchalik oshkor qilinishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Isroil tomonidan vayron qilingan elchixona o‘rniga Suriya poytaxtida yangi konsullik markazi ochdi