date
views 241

Isroil G‘azodagi Abu Bakr as-Siddiq masjidini vayron qildi

Isroil G‘azodagi Abu Bakr as-Siddiq masjidini vayron qildi
Arxiv foto: siasat.com
Isroilning 13 aprel kuni uyushtirgan hujumida G‘azo markazidagi Abu Bakr as-Siddiq masjidi to‘liq buzib tashlandi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Isroil havo kuchlari Dayr al-Balah aholi zonasi va unga tutash hududlarni havodan o‘qqa tutgan. Hudud markazidagi masjid, oddiy aholi turar joylari jiddiy hujumga uchragan.

Rasmiy manbalarga ko‘ra, Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari oqibatida hududdagi 1200 dan ortiq masjidlar vayron qilingan. Hujumlar ko‘pincha jamoat namozlari paytida amalga oshirilgan.

Isroil armiyasi masjidni portlatishdan oldin aholini hududdan evakuatsiya qilishni so‘ragan. Masjidning HAMASga ham yoki 'Islomiy jihod' guruhiga ham hech bir aloqasi yo‘q. Masjid uchun, hudud aholisi uchun biz mas’ulmiz” — degan hujum guvohlaridan biri.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil G‘azodagi Abu Bakr as-Siddiq masjidini vayron qildi