Kongress: “AQSHda migrantlar oqimi yaxshi bo‘lmasa, aholi kamayib ketadi”

1 daqiqa o'qish188
Kongress: “AQSHda migrantlar oqimi yaxshi bo‘lmasa, aholi kamayib ketadi”
Foto: Getty Images
AQSHda 2040 yilga kelib o‘lim darajasi tug‘ilishdan oshib ketadi va migrantlar oqimi yaxshi bo‘lmasa, mamlakat aholisi kamayib ketadi. AQSH Kongressining Budjet idorasi o‘zining tegishli hisobotini e’lon qildi.

Qonun chiqaruvchi organ tarkibidagi ushbu idora Kongressni iqtisodiy ma’lumotlar, hisob-kitoblar va prognozlar bilan ta’minlaydi.

“Prognozlarga ko‘ra, 2040 yildan boshlab o‘lim ko‘rsatkichi tug‘ilishdan oshadi. Natijada immigratsiya yo‘qligi sababli aholi soni kamayishni boshlaydi”, — deyiladi hisobotda.
Kongress: “AQSHda migrantlar oqimi yaxshi bo‘lmasa, aholi kamayib ketadi”
Hujjat mualliflari fikricha, 2054 yilda AQSHning umumiy davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 172 foizini tashkil etadi, yaqin o‘n yil ichida federal qarzi esa 116 foizni tashkil qiladi. Shu bilan birga, o‘tgan yili boshqarma 2053 yilga kelib, davlat qarzi hajmi YAIMning 181 foizini tashkil etishini prognoz qilgandi.

Ekspertlar prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan Amerika iqtisodiyotini barqarorlashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan qadamlar munosabati bilan kutilgan ko‘rsatkichni kamaytirishga qaror qilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?