
Britaniyalik Formula-1 piloti, Mercedes-AMG Petronas Motorsport jamoasi a’zosi Jorj Rassell 1924 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes poyga mashinasida sayr qildi. U Ferdinand Porshe tomonidan yaratilgan.
Mercedes kompaniyasi Kristian Verner 1924 yilgi Targa Florio musobaqasida g‘olib chiqqan avtomobilni qayta tikladi. Mercedes-Benz kompaniyasining ma’lum qilishicha, nodir avtomobillarning minglab ishqibozlari britaniyalik poygachini kutib olish uchun ko‘chalarga chiqishgan.

“100 yoshli Mercedes ruliga o‘tirishga aql bovar qilmaydi. Yo‘lda emas, muzeyda ko‘rish mumkin bo‘lgan avtomobilni menga ishonib topshirgani - bu men uchun haqiqiy sharafdir. Bunday mashinani haydash chinakam zavq”, - dedi Rassel.

Avtomobilni qayta tiklash Mercedes-Benz Heritage bo‘limi tomonidan amalga oshirildi. Poygalar Sitsiliya tog‘larida bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash kerakki, u yerda XX asrning boshlarida Targa Florio musobaqalari o‘tkazilgan.
1924 yilda Targa Florio musobaqasining masofasi 432 kilometrni tashkil etdi va Kristian Verner uni 6 soat 32 daqiqa 37,4 soniyada bosib o‘tib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar