date
views 115

Italiyada Interpol qidiruvida bo‘lgan 17 nafar turkiyalik hibsga olindi

Italiyada Interpol qidiruvida bo‘lgan 17 nafar turkiyalik hibsga olindi
Foto: Anadolu
Italiya politsiyasi 22 may kuni Interpol qidiruvida bo‘lgan 17 nafar turkiyalikni hibsga oldi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, qo‘lga olinganlar jami 19 nafar bo‘lib, ular orasida 2 nafari Italiya fuqarolaridir. Ular barchasi Milan shahrida qo‘lga olingan.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya holat haqida nisbatan batafsil ma’lumot bergan. Qo‘lga olinganlarga rahbarlik qilgani aytilgan Baris Boyun Interpol tomonidan qizil darajadagi ogohlantirish bilan qidiruvda bo‘lgan.

Rasmiylar ma’lum qilishicha, hibsga olish operatsiyasi Turkiya Xavfsizlik bosh boshqarmasi tarkibidagi kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash markazi, Interpol va Rimdagi Italiya politsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Biz uyushgan jinoiy guruhlarni yo‘q qilishga va ularni javobgarlikka tortishga qat’iy qaror qildik”, — deyiladi Turkiya ichki ishlar vaziri bayonotida.

Hibsga olingan 19 nafar fuqaro transchegaraviy jinoyatchilik, kontrabanda va uyushgan jinoiy guruh tashkil etishda ayblanmoqda. Hozirda politsiya guruhga aloqadorligi bo‘lgan shaxslar tarmog‘ini aniqlash uchun tergov olib borayotgani bildirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada Interpol qidiruvida bo‘lgan 17 nafar turkiyalik hibsga olindi