Saudiyalik bloger O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qiladi

1 daqiqa o'qish237
Saudiyalik bloger O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qiladi
Foto: “Dunyo” agentligi
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Nodirjon Turg‘unov Saudi Travel Market kompaniyasi vakili va taniqli bloger Siham al-Mas’ud bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida turizm yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini jadallashtirish, O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini oshirish, ikki davlatda mazkur yo‘nalishda o‘tkaziladigan yirik tadbirlarda soha vakillarining ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.

Siham al-Mas’ud O‘zbekiston dunyodagi asosiy turizm maskanlaridan biri ekanini e’tirof etib, Saudiya turkompaniyalari o‘zbek tomoni bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirgan. U, shuningdek, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanishini ham aytib o‘tgan va Instagram sahifasida 100 ming, Snapchat ijtimoiy tarmog‘ida 22 ming hamda Google map'da 4 millionga yaqin obunachisi borligini ma’lum qilgan.

"Ularda, asosan, saudiyalik sayyohlar tashrif buyurayotgan mamlakatning tarixi, madaniyati, milliy taomlari, bozorlari va mehmonxonalar haqidagi muhim ma’lumotlar e’lon qilib boriladi", — deydi u.

Uchrashuv yakunida Saudi Travel Market kompaniyasi vakilining O‘zbekistonga safarini tashkil etish va mamlakat sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlarni birgalikda tashkil etish to‘g‘risida kelishib olingan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?