date
views 175

O‘zbekistonlik harbiy merganlar xalqaro musobaqada 1-o‘rinni oldi

O‘zbekistonlik harbiy merganlar xalqaro musobaqada 1-o‘rinni oldi
O‘zbekistonlik merganlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni oldi.

Foto: Mudofaa vazirligi
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 20—31 may kunlari bo‘lib o‘tgan “Eng ilg‘or mergan jamoasi” musobaqasida 11 davlatdan 36 ta jamoa ishtirok etdi. O‘zbekistonlik merganlar bir nechta shartlarda 5 marotaba rekord natijalarni qayd etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi
Musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Turkiya, uchinchi o‘rin esa Bahrayn jamoasiga nasib etdi.

Turkiyada 2023 yilda o‘tkazilgan “Eng ilg‘or mergan” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi merganlari jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik harbiy merganlar xalqaro musobaqada 1-o‘rinni oldi