12:02 / 01.07.2024
169

O‘sh—Botken avtomobil yo‘lida ko‘prik qulab tushdi (video)

O‘sh—Botken avtomobil yo‘lida ko‘prik qulab tushdi (video)
Foto: “Kaktus.media”
30 iyun kuni O‘sh viloyatining Nookat tumani, Ko‘k-Jar qishlog‘i hududidagi ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, O‘sh-Razzoqov avtomobil yo‘lining 63-kilometrida Nayman ko‘prigi sel oqimi tufayli qulab tushgan. Ko‘prikning qulashi sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Voqea joyida restavratsiya ishlari olib borilmoqda.

28 iyun kuni O‘sh viloyati Nookat tumani Abshir Ota qishlog‘iga sel kelishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Tabiiy ofat qurbonlarining aksariyati 8 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar bo‘lib, sel oqibatida ikki nafar ayol ham vafot etgan. Qutqaruv ishlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligining jami 53 nafar qutqaruvchisi jalb qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘sh—Botken avtomobil yo‘lida ko‘prik qulab tushdi (video)