15:30 / 01.07.2024
131

Baydenning oilasi uni prezidentlik poygasida qolishga undamoqda

Baydenning oilasi uni prezidentlik poygasida qolishga undamoqda
Foto: AP Photo
AQSH rahbari Jo Baydenning oilasi uni sobiq prezident Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatdan keyin saylovda qatnashishdan bosh tortmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Baydenning oilasi Kemp-Devid qarorgohida uchrashgan. Qarindoshlar demokratning prezidentlik saylovlarida qatnashishini “qo‘llab-quvvatlash”larini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, Bayden uchun oilasining fikri, hatto uning eng yaqin maslahatchilarining pozitsiyasidan ham muhimroq. Oilaviy yig‘ilishda birinchi xonim Jill Bayden, o‘g‘li Xanter Bayden va nevaralari ishtirok etgan. Oila prezidentni debatga tayyorlagan jamoadan hafsalasi pir bo‘lganini va maslahatchilarni ishdan bo‘shatish ehtimolini muhokama qilgan.

Bayden o‘z maslahatchilariga sodiqligi bilan tanilgan va yordamchilarini ishdan bo‘shatishni yoqtirmaydi”, — deb yozmoqda CNN.

Oilaviy kengash saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortish haqidagi “qo‘ng‘iroqlar oqimi” tufayli bo‘lib o‘tgan.

Vaziyat yomonlashsa yoki prezident poygadan chiqib ketishi demokratlar qulashining oldini olishiga ishonch hosil qilsa, oilaning fikri o‘zgarishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Saylovoldi debat natijalari Bayden prezidentlik poygasidan chiqishi ehtimolini kuchaytirdi. Ayrim ommaviy axborot vositalari va demokrat strateglar prezidentni saylovlardan voz kechishga chaqira boshladi. Biroq Bayden buni rad etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baydenning oilasi uni prezidentlik poygasida qolishga undamoqda