© Wikipedia / Chris McAndrew, CC BY 3.0
Britaniyaning yangi bosh vaziri, Leyboristlar partiyasi yetakchisi Kir Starmer o‘zining birinchi nutqini eng dolzarb ichki muammolarga bag‘ishladi.
Xususan, Starmer yangi maktablar va arzon uy-joylar qurish, milliy tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash, chegaralar xavfsizligini oshirish, jinoyatchilikni kamaytirish va energiya ta’minoti narxlarini arzonlashtirish ustida ishlashga va’da berdi.
Starmer o‘z nutqida iste’foga chiqqan Rishi Sunakga minnatdorchilik bildirib, bu lavozimni egallagan birinchi osiyolik ekanligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Leyboristlar partiyasi (ishchilar partiyasi) 650 o‘rinli Jamoatlar palatasida 412 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bundan oldin Parlamentda 14 yil davomida yetakchilik qilgan Konservativ partiya (Rishi Sunak) esa o‘z tarixida eng yomon natija ko‘rsatib atigi 121 o‘rin olishga muvaffaq bo‘ldi.
MGIMOning Yevropa va Amerika davlatlari kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori Natalya Kapitonova aytishiga ko‘ra, Britaniya jamoatchiligi aslida Leyboristlar g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi, faqat bu safar konservatorlar hammaning joniga tekkani uchun shunday ovoz berishgan.
Shuningdek, ekspert aytishiga ko‘ra, Britaniyada hukumat o‘zgarishi Rossiya bilan munosabatlarga ijobiy ta’sir qilmaydi.
"Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar borasida Britaniyalik siyosiy elitasi, ham leyboristlar, ham konservatorlar allaqachon Rossiyaga nisbatan keskin bayonotlar bergan, shuning uchun yaqin kelajakda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi". - dedi Kapitonova. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi