22:00 / 07.07.2024
207

Parkinson kasalligi bo‘yicha mutaxassis Oq uyga tashrif buyurgan

Parkinson kasalligi bo‘yicha mutaxassis Oq uyga tashrif buyurgan
Foto: AFP
Vashingtondagi Uolter Rid tibbiyot markazining yetakchi nevrologi Kevin Kannard yanvar oyida AQSH hukumati qarorgohiga tashrif buyurgan. Bu haqda yashirin tashriflar jurnalidan xabardor manbaga tayanib, New York Post xabar berdi.

Hujjatlarga ko‘ra, shifokor prezident Jo Baydenning shaxsiy shifokori Kevin O‘Konnor bilan uchrashgan. Uchrashuvda kardiolog Jon E.Atvud ham ishtirok etgan. Kennard Parkinson kasalligi bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi, u Uolter Rid tibbiyot markazida qariyb 20 yil ishlagan.

LinkedIn ma’lumotlariga ko‘ra, u 2012 yildan beri Oq uyning tibbiyot bo‘limida nevrolog bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda. Uning so‘nggi ilmiy maqolasi Parkinson kasalligining “erta bosqichlari”ga qaratilgan.

"AQSH prezidentining sog‘lig‘i uchun uning shaxsiy shifokori Kevin O‘Konnor mas’ul bo‘lgani sababli uchrashuvdagi suhbat Bayden haqida bo‘lgan bo‘lishi mumkin", deydi kongressmen Ronni Jekson.

O‘Konnor 2021 yil yanvar oyida lavozimga kelganidan beri Baydenning rasmiy shifokori bo‘lib kelgan va har kuni prezident bilan muloqot qiladi. Aynan u fevral oyida o‘tkaziladigan yillik jismoniy tekshiruvda Baydenning sog‘lig‘iga ijobiy baho bergan.

"Jismoniy tekshiruv Parkinson kasalligini istisno qiladigan nevrologik tekshiruvni o‘z ichiga oladi", degan O‘Konnor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parkinson kasalligi bo‘yicha mutaxassis Oq uyga tashrif buyurgan
ePN