Ispaniya yana 10 ta Leopard 2A4 tankini Ukrainaga topshirdi

1 daqiqa o'qish163
Ispaniya yana 10 ta Leopard 2A4 tankini Ukrainaga topshirdi
Foto: Courtesy Canadian Armed Forces/REUTERS
Ispaniya Ukrainaga yana 10 ta Leopard 2A4 tankini jo‘natdi, deb xabar qildi qirollik mudofaa vazirligi 15 iyul, dushanba kuni. Xabarda ta’kidlanganidek, jangovar mashinalar Alkala-de-Gvadayra shahrida kapital ta’mirdan chiqarilib, sinovdan o‘tkazildi. Tanklardan tashqari Ispaniya «bir nechta izli ekskavatorlar va sezilarli miqdordagi tankka qarshi raketalarni» topshirmoqda.

Ukraina uchun harbiy yuk 13 iyul kuni Ispaniya shimolidagi Ferrol portidan jo‘nab ketdi. Kelgusi hafta oxirigacha u Polshaga yetib borishi va u yerdan quruqlik transportida Ukraina hududiga olib ketilishi kutilmoqda.

Shu tariqa, Madrid Kiyevga 20 ta Leopard tankini topshirdi, deya qayd etdi Ispaniya mudofaa vazirligi. 2024 yilning ikkinchi yarmida Leopard'ning yana bir partiyasini Ukrainaga o‘tkazish rejalashtirilgan, deya qo‘shimcha qildi idora.

Madrid Kiyevga 1 milliard yevrolik qurollarni topshiradi

May oyi oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Ispaniya va Ukraina o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni imzoladilar. Hujjat, xususan, joriy yilda Ukrainaga Ispaniyadan umumiy qiymati 1 milliard yevrolik qurol-yarog‘ va harbiy texnika berishni nazarda tutadi.

El Pais ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu paketning bir qismi sifatida Ukraina Patriot havo mudofaa tizimi uchun zenit-raketalar, 19 ta ishlatilgan Leopard 2A4 tanklari va o‘q-dorilarni olishi kerak.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?