20:30 / 20.07.2024
223

Qilmagan jinoyati uchun 43 yil qamoqda o‘tirgan ayol ozodlikka chiqarildi

Qilmagan jinoyati uchun 43 yil qamoqda o‘tirgan ayol ozodlikka chiqarildi
Sandra Hemme.
Foto: Getty Images

43 yil — hali hech bir ayol qilmagan jinoyati uchun Amerika qamoqxonasida bunchalik ko‘p vaqt o‘tirmagan. O‘tgan juma kuni adolat tantana qildi va Sandra Hemme O‘rta G‘arbda joylagan ayollar koloniyasidan ozodlikka chiqarildi, deb yozmoqda BBC.

Hemme kutubxonachi ayolni pichoqlab o‘ldirishda aybdor deb topilib, 1980 yilda bir umrga ozodlikdan mahrum etilgandi. Unga qarshi qo‘yilgan yagona dalil — ayol aybiga iqror bo‘lgani edi.

Oradan qirq yil o‘tib, sud ishni qayta ochib, ko‘rib chiqishni boshladi va Hemme aybdor emas, degan xulosaga keldi. Iyun oyidagi sud qarorida aytilishicha, gumonlanuvchi ruhiy xastaliklar shifoxonasida, trankvilizatorlar ta’siri ostida so‘roq qilingan. Tergovchilar tom ma’noda undan o‘zlariga kerakli javoblarni «sug‘urib olishgan».

Missuri shtatining uchta sudi qaroriga qaramasdan (quyi instansiya, apellyatsiya va oliy sud), shtat prokurori aybsiz 43 yil qamoqda o‘tirgan ayolni qo‘yib yubormaslik uchun so‘nggi daqiqalargacha kurashdi. Faqatgina sudya prokurorni sudga hurmatsizligi uchun jinoiy javobgarlikkka tortishi mumkinligini aytganidan so‘nggina qamoqxonaning temir darvozalari ochilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qilmagan jinoyati uchun 43 yil qamoqda o‘tirgan ayol ozodlikka chiqarildi