00:20 / 21.07.2024
224

Isroil Yamanning Hudayda portiga zarba berdi (video)

Isroil Yamanning Hudayda portiga zarba berdi (video)
Foto: “pravda-en.com”
Isroil aviatsiyasi 20 iyul kuni Yaman g‘arbidagi Hudayda port shahriga zarbalar bergan. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar qildi.

Manbada aytilishicha, hujumlar asosan neft inshootlariga qaratilgan. Hudayda shahriga yaqin neft omborlari va elektr tizimlari portlatilib, vayron qilingan.

Isroilning Hudayda portidagi neft omborlariga uyushtirgan hujumlari qurbonlar va yo‘qotishlarga olib keldi. Havo kuchlari bir qancha muhim hududlarga zarba berdi”, deyiladi husiylar matbuot bo‘limi xabarida.

Isroil harbiylari so‘nggi oylarda Isroilga qarshi uyushtirilgan yuzlab hujumlarga javoban Isroil qiruvchi samolyotlari Yamanning Hudayda portini nishonga olganini bildirgan. “Ansorulloh” keskinlikdan chekinmasa, Isroilning hujumlari ham kuchayishi aytilgan.

Husiylar rasmiylari Isroil hujum uchun katta badal to‘lashini bildirgan. “Qasos zarbasi” og‘ir bo‘lishi, Isroilni himoya qilishga uringanlar ham ayab o‘tirilmasligi aytilgan.

Sionistik tuzilma fuqarolik obyektlarini nishonga olgani uchun badalni albatta to‘laydi. Biz keskinlashuvga qarshi faol kurashamiz. Bizning javobimiz qat’iy bo‘ladi”, degan “Ansorulloh” siyosiy byurosi a’zosi Muhammad al-Buxaytiy.

Bir qancha Yaqin Sharq arab nashrlari Isroil hujumlari Hudaydadan boshqa Yaman hududlarida ham davom etayotganini bildirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tinch aholi turar joylariga qilingan hujum tasvirlari paydo bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Yamanning Hudayda portiga zarba berdi (video)