11:31 / 22.07.2024
212

AQSH Respublikachilar partiyasi Baydendan Oq uyni tark etishni talab qildi

AQSH Respublikachilar partiyasi Baydendan Oq uyni tark etishni talab qildi
Foto: Getty Images
Respublikachilar partiyasi 21 iyul kuni saylov kampaniyasini tark etgan prezident Baydendan Oq uyni tark etishni talab qilgan. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Manbada keltirilishicha, ko‘pgina respublikachilar 2024 yilgi prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qilganidan keyin prezident Jo Baydenni tezda vazifasidan ham iste’foga chiqishga va Oq uyni tark etishga chaqirgan. Baydendan prezidentlik vakolatlari tugashini kutmaslik, siyosiy faoliyatini yakunlash so‘ralgan.

Respublikachilar yetakchilari Baydenning saylov poygasidan chiqish qarori uning prezident lavozimini qayta egallash uchun kognitiv sog‘lom emasligi haqidagi fikrlarni tasdiqlashini aytgan. Bu masala Baydenning o‘z partiyasi — Demokratlar ichida ham uzoq paytdan beri muhokama qilinib kelinayotgan edi.

Kongressdagi eng qudratli respublikachi, Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson Baydenni to‘g‘ridan to‘g‘ri prezidentlikdan ketishga chaqirgan. Toki u saylovga nomzodini qo‘yolmas ekan, vazifasidan ham iste’foga chiqishi kerakligi ta’kidlangan.

Modomiki Jo Bayden prezidentlikka nomzod bo‘lishga loyiq emas ekan, u prezident bo‘lishga ham nomunosib. U zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak”, degan Mayk Jonson.

Bayden navbatdagi saylovlarda o‘z nomzodini qo‘yishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, kelasi yilning yanvar oyiga qadar mamlakat rahbari sifatidagi vakolatlarini saqlab qoladi. Oq uy matbuot xizmati bergan bayonotda ham prezident iste’foga chiqmasligi qat’iy aytilgan.

AQSH hukumati ichida ham prezident iste’fosi borasida ko‘plab muhokamalar boshlangan. Qator rasmiylar Bayden endilikda prezident, xususan, Oliy bosh qo‘mondon vazifalarini bajara olmasligini bildirib, “o‘tkir muammolar” va prezident xatti-harakatlari vositasida AQSH obro‘siga putur yetkazilishini oldini olishga chaqirgan. File engine/social.php not found.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Respublikachilar partiyasi Baydendan Oq uyni tark etishni talab qildi