Illustrativ foto: AP Photo
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) davlatlaridan birida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Ayblanuvchi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib, o‘z mamlakatida ushlangan. U xalqaro terrorchi tashkilot a’zosi bo‘lib, hozirda tergov izolatorida saqlanmoqda. Erkak MDH davlatlaridan birida yashirin guruh tarkibida terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan.
Uning yashirin Telegram akkauntlari orqali qilgan barcha harakatlari terrorchi tashkilotlardan birining emissarlari tomonidan muvofiqlashtirilgan. Jinoyatni sodir etishga urinishdan oldin N.R. xalqaro terror tashkiloti rahbariga sodiqlikka qasamyod qilgan.
Jinoyat ishi doirasida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi razvedka xizmatlari bilan birgalikda terrorchilik guruhining boshqa ishtirokchilariga nisbatan surishtiruv ishlarini olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi