09:43 / 29.07.2024
111

Erdo‘g‘on: “Turkiya Isroilga xuddi Qorabog‘ va Liviyadagi kabi kirishi mumkin”

Erdo‘g‘on: “Turkiya Isroilga xuddi Qorabog‘ va Liviyadagi kabi kirishi mumkin”
Foto: “patronlardunyasi.com”
Turkiya boshqa davlatlar va hududlar bilan o‘tmishda bo‘lgani kabi Isroilga ham “kirishi” mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on xabar berdi.

Siyosatchi bunday qilmaslik uchun “hech qanday sabab yo‘q” ekanini ta’kidladi. U partiyasining Rize provinsiyasidagi qarorgohida tegishli bayonotni berdi. Yig‘ilishda Isroilning Falastinga nisbatan siyosati bilan bir qatorda Turkiyaning mudofaa sanoati va tashqi siyosati muhokama qilindi.

Siyosatchi mudofaa sanoatida erishilgan yutuqlarni aytib, Turkiyaning qay darajada ilgarilaganiga e’tibor qaratdi.

Biz Qorabog‘ga kirganimizdek, Liviyaga kirganimizdek, ular bilan ham shunday qilamiz. Bunday qilmasligimiz uchun hech qanday sabab yo‘q... Biz bu qadamlarni qo‘yish uchun kuchli bo‘lishimiz kerak”, deya Erdo‘g‘on Isroilni nazarda tutdi.

Shu tariqa u yana bir bor Falastinni har qanday yo‘l bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on: “Turkiya Isroilga xuddi Qorabog‘ va Liviyadagi kabi kirishi mumkin”