12:40 / 10.08.2024
86

Ukrainada - UQK mablag‘larini talon-toroj qilish ishi bo‘yicha maxsus operatsiya

Ukrainada - UQK mablag‘larini talon-toroj qilish ishi bo‘yicha maxsus operatsiya
Foto: Reuters
Ukrainada mudofaa ehtiyojlari uchun ajratilgan budjet mablag‘larini talon-toroj qilish ishida jinoiy sxemalar tashkilotchilari va ishtirokchilarini fosh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli maxsus operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda 9 avgust, juma kuni Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, davlatga yetkazilgan zarar miqdori 1,5 milliard grivnadan (33 million yevro) oshgan. 28 nafar shaxs jinoiy faoliyatda gumon qilinmoqda, ulardan to‘qqiz nafari uyushgan jinoiy guruh a’zolaridir. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gap Ukraina Mudofaa vazirligi, harbiy qismlar, viloyat harbiy ma’muriyatlari va shahar kengashlari vakillari, shuningdek, korxonalar direktorlari va tijorat tuzilmalari xodimlari haqida bormoqda.

Oshirilgan narxlarda xaridlar, harbiy kiyimni qabul qilishda e’tiborsizlik

Gumonlanuvchilar tovarlarni oshirilgan narxlarda xarid qilish, ish narxini oshirib ko‘rsatish, xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaslik, harbiy kiyimni qabul qilishda ehtiyotsizlik va qalbaki hujjatlardan foydalanishda ayblanmoqda. Ayblanuvchilardan biri, tergovchilarga ko‘ra, davlat shartnomasini chetlab o‘tib, davlat mablag‘larini korxonaga o‘tkazgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 65 dan ortiq tintuv o‘tkazilib, ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.

Bu - Ukraina qurolli kuchlari uchun mo‘ljallangan budjet mablag‘larini talon-toroj etish faktlarini aniqlash bo‘yicha ikkinchi yirik maxsus operatsiya. Birinchisida 30 kishi gumon ostida qolgandi.

Yanvar oyida mamlakat Mudofaa vazirligi boshqarmalaridan birining sobiq va amaldagi rahbarlari, Ukraina kompaniyasi rahbari va tijorat direktori, shuningdek, xorijiy kompaniyalardan birining vakili mansab vakolatini suiiste’mol qilish orqali mulkni tortib olishda ayblangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada - UQK mablag‘larini talon-toroj qilish ishi bo‘yicha maxsus operatsiya