21:44 / 21.08.2024
20

Bayden Xitoy tahdidiga qaratilgan maxfiy yadro strategiyasini mart oyida tasdiqlagan

Bayden Xitoy tahdidiga qaratilgan maxfiy yadro strategiyasini mart oyida tasdiqlagan
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden mart oyida o‘sib borayotgan yadroviy arsenal tufayli Xitoyni birinchi marta nishonga olgan maxfiy strategik yadro rejasini tasdiqladi.

The New York Times (NYT) nashriga ko‘ra, hujjat AQSHni Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreya bilan muvofiqlashtirilgan yadroviy to‘qnashuvlarga tayyorlashga qaratilgan. Oq uy Baydenning yadro strategiyasini ma’qullaganini rasman e’lon qilmagan. AQSH hukumati mazkur strategiyani taxminan har to‘rt yilda bir marta yangilaydi.

Avvalroq AQSH sobiq mudofaa vaziri yordamchisi Vipin Narang Bayden yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha yangilangan yo‘riqnomani qabul qilganini ma’lum qilgan. Narangning ta’kidlashicha, strategiya “yadro quroliga ega bo‘lgan bir nechta dushmanlarni” va Xitoy yadroviy arsenalining hajmi va xilma-xilligi “sezilarli darajada oshgani”ni hisobga oladi.

NYT'ga ko‘ra, Xitoyning yadroviy majmuasi dunyodagi eng tez rivojlanayotgan hisoblanadi. Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoyning yadro qurollari zaxirasi 2030 yilga borib 1000 birlikka, 2035 yilga kelib esa 1500 birlikka ko‘payadi. Mutaxassislarga ko‘ra, Xitoy hozir zahiralarni bashorat qilinganidan tezroq to‘plamoqda.

Shuningdek, Shimoliy Koreya yadroviy kuchlarini ikki baravar oshirgan va AQSH hozirda mamlakatda 60 birikdan ortiq qurol borligini taxmin qilmoqda. Shimoliy Koreyaning yadro arsenali hozirda Pokiston va Isroilning yadroviy arsenaliga yaqinlashmoqda.

AQSHning 33-prezidenti Garri Trumen davridan beri (1945-1953) Amerika yadro strategiyasi SSSRning, keyin esa Rossiyaning yadro arsenaliga qarshi qaratilgan. 2020 yilda e’lon qilingan Kongress hisobotiga ko‘ra, Xitoy Donald Trampning prezidentlik muddati oxirida chiqarilgan yadroviy yo‘riqnomada tilga olingan.

Stokgolm Xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI)ning iyun oyidagi hisobotiga ko‘ra, Xitoy 2023 yil yanvaridan 2024 yil yanvarigacha yadroviy kuchlarini sezilarli darajada oshirib, 410 tadan 500 ta kallakgacha ko‘paytirgan. Tahlilchilarning fikricha, o‘n yillardan so‘ng Xitoy “taxminan Rossiya va AQSH kabi qit’alararo ballistik raketalarga ega bo‘lishi mumkin”, ammo Pekinda baribir Moskva va Vashingtonnikidan kamroq yadro kallaklari bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Xitoy tahdidiga qaratilgan maxfiy yadro strategiyasini mart oyida tasdiqlagan