17:56 / 22.08.2024
265

Kursk viloyatida temir-beton boshpanalar o‘rnatish boshlandi

Kursk viloyatida temir-beton boshpanalar o‘rnatish boshlandi
Foto: Telegram / @gubernator_46
Rossiyaning Kursk viloyatida xavfsizlik choralari doirasida temir-beton boshpanalar o‘rnatila boshlandi. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, odamlar gavjum bo‘ladigan joylar, jumladan, 60 ta asosiy jamoat transporti bekatlari boshpanalar joylashtirilishi uchun ustuvor nuqtalar bo‘ladi. Xuddi shunday chora-tadbirlar 10 ta boshpana o‘rnatish rejalashtirilgan Jeleznogorskda ham ko‘rilmoqda. Mazkur tadbirlar yaqin kunlarda Kurchatovda ham amalga oshiriladi.

Kursk meri Igor Kutzak mahalliy aholiga agar boshqaruv kompaniyalari bu vazifani uddalay olmasa, bombapanohlarni mustaqil ravishda tartibga solishni taklif qilgandi.

Ukraina armiyasi 6 avgustdan Rossiyaning Kursk viloyatiga hujum qilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat armiyasi viloyatdagi 92 ta aholini punktini nazorat qilmoqda. Ukraina rahbari Rossiyaning harbiy bazalari, aerodromlari, logistika va boshqa harbiy obyektlari armiya uchun “to‘liq adolatli nishonlar” ekanini aytgan.

Ukrainalik jangchilar Kursk viloyatining ayrim hududlarida himoya operatsiyasini davom ettirmoqda. Bugungi kunda bizning kuchlarimiz 1250 kvadrat kilometrdan ortiq dushman hududi va 92 ta aholi punktini nazorat qilmoqda”, degan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kursk viloyatida temir-beton boshpanalar o‘rnatish boshlandi