Orban migrantlar muammosiga «yechim» topdi
1 daqiqa o'qish400

Foto: Interfaks
Bosh vazir Viktor Orbanning ofisi, Yevrokomissiya bilan muzokaralar ish bermagan taqdirda, noqonuniy migrantlarga «bir tomonga chipta» taqdim etishga tayyorligini ma’lum qildi. Ya’ni ularni to‘ppa-to‘g‘ri Bryusselga jo‘natib yubormoqchi.
«Tezroq kelishuvga erishishimiz kerak, chunki har kuni buncha katta pulni to‘lashni istamaymiz. Vaholanki Bryussel migrantlarni qabul qilishni istarkan, biz yordam berishimiz mumkin», — muzokaralar cho‘zilib ketganiga shunday istehzoli munosabat bildirdi Vengriya bosh vazirining devoni.
Bryussel Budapeshtni migrantlarni qabul qilish bo‘yicha umumevropa qoidalarini buzganlikda ayblamoqda. 13 iyun kuni Yevropa Ittifoqining Luksemburgdagi sudi Vengriyani 200 mln yevro jarimaga tortib, toki qoidabuzarlik bartaraf etilguniga qadar har kuni 1 mln yevrodan to‘lab borish majburiyatini yukladi.
Yevropa matbuoti vengrlarni texasliklarga solishtirmoqda: AQSHning ushbu shtati hukumati tutib olingan noqonuniy muhojirlarni avtobuslarga o‘tqazib, demokratlar izmidagi Nyu-York va Chikago kabi shaharlarga jo‘natib yuboryapti.

- #Viktor Orban
- #Noqonuniy Migrantlar
- #Bryusselga Jo‘natish
- #Yevropa Ittifoqi
- #Muzokaralar
- #Budapesht Migrantlar
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…