08:43 / 25.08.2024
29

Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi

Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi
Foto: Reuters
Fransiya janubidagi Lya Grand-Mott kurort shahrida joylashgan sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar beradi France 24. Hodisa oqibatida bir nafar politsiya xodimi yaralangan.

Qayd etilishicha, 24 avgust tongida sinagoga yaqinida ikkita avtomobil yong‘in chiqqan, keyin esa ulardan birining ichidagi gaz balloni portlagan. Yong‘in, shuningdek, sinagogaga kirishda ham yuz bergan va u tezda o‘chirilgan. Hodisa oqibatida binoning ikki eshigiga shikast yetgan.

Fransiya OAVga ko‘ra, transport vositalariga o‘t qo‘yganlikda gumonlanayotgan shaxs kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Uning yonida Falastin bayrog‘i va pistolet bo‘lgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

Portlash sodir bo‘lgan payda sinagogada faqat ravvin (yahudiylar ruhoniysi) va yana to‘rt kishi bo‘lgan. Ularga hech qanday shikast yetmagani aytilmoqda. Fransiyadagi yahudiy tashkilotlar vakillik kengashi rahbari Yonatan Arfi portlashni «yahudiylarni o‘ldirishga urinish», deb atadi. Uning fikricha, portlash tashkilotchilari tonggi ibodatga kelgan fuqarolarga hujum uyushtirishni reja qilgan.

Fransiya hukumati sodir bo‘lgan voqeani terakt va antisemitizm akti demoqda. «Bizning o‘y-xayolimiz Grand-Mott sinagogasiga kelganlar va mamlakatimizdagi barcha yahudiylarda. Ushbu terrorchilik akti ijrochisini topish uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan. Antisemitizmga qarshi kurash — bu doimiy kurash, millat uchun kurash», — deb yozadi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga.

Portlash bo‘yicha tergovni Milliy aksilterror prokuraturasi olib bormoqda. Fransiyadagi yahudiylar muassasalari, jumladan, maktab va sinagogalarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada sinagoga yaqinida portlash sodir bo‘ldi