Yer aholisi 28 avgustda noyob hodisani kuzatishi mumkin

1 daqiqa o'qish263
Yer aholisi 28 avgustda noyob hodisani kuzatishi mumkin
Illustrativ foto: “vesti.az”
Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy 28 avgust Quyoshning bir tomonida saf tortadi. Bu haqda Moskva planetariysi xabar berdi.

Sayyoralarning shartli paradi osmonda 160 gradus atrofida sektorni egallaydi. Avgustda Mars, Yupiter, Uran, Neptun va Saturn yarim tundan tong yorishguncha kuzatiladi. Oy oxirida ertalabki osmonda Merkuriy ko‘rina boshlaydi. 28 avgust kuni esa ularga Oy qo‘shiladi. Ularning barchasi Quyoshdan sharqroqda (o‘ng tomonda) joylashgan bo‘ladi.

“28 avgust, chorshanba kuni ertalabki osmonda Merkuriy, Mars, Yupiter, Uran, Neptun, Saturn va Oy Quyoshning bir tomonida taxminan 160 gradusli sektorda bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Ochiq havoda paradni durbin yoki teleskopsiz ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Moskva planetariysi avgust oyidagi bu paradni shartli deb atagan.

Astronomiyada sayyoralarning "yaqinligi" uchun aniq mezon mavjud emas, shu sababli "sayyoralar paradi" atamasi sifat xususiyatiga ega, deya aniqlik kiritdi tashkilot.

Ular bu tushunchaning ilmiy emasligini va faqat astronomiyani ommalashtirish maqsadida qo‘llanilishini ta’kidladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?