20:27 / 14.09.2024
103

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik harbiylar 1-o‘rinni egalladi

Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik harbiylar 1-o‘rinni egalladi
Janubiy Koreyaning Kongvando provinsiyasi Inje shahrida ikkinchi marta Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiylar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xalqaro musobaqada jami 13 ta jamoa, jumladan, AQSH, Avstraliya, O‘zbekiston va Kambodja davlatlaridan 500 dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etgan.

«Musobaqa davomida har bir jamoa tasodifiy qur’a tashlash orqali bellashuvga kirishgan. Har bir jamoa operativ rejani ishlab chiqish va milliy kelishuv bo‘yicha majburiyatlarni bajarish, bu orqali bo‘linmalarning qo‘shma operatsiyalari uchun zarur bo‘ladigan ko‘nikma va tajriba oshirishga muvaffaq bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi mazkur Xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ikkinchi bor ham ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etgan. O‘tgan yili ham o‘zbekistonlik harbiylardan iborat jamoa mazkur musobaqada birinchilikni egallagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik harbiylar 1-o‘rinni egalladi