13:00 / 20.09.2024
111

Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi

Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
Foto: New York Post
Talabalar Finlandiyadan orol sotib oldi, chunki bu AQSHdan uy olish uchun to‘lanadigan garov puliga qaraganda arzonroqqa tushgan, deb xabar bermoqda New York Post.

24 yoshli Oliver Rassel kelib chiqishi tomondan ham Amerika, ham finlyandiyalik . U AQSHda yashagan va har yozni Finlandiyada o‘tkazgan. 2022 yilda Rassel bepul ta’lim olish uchun Finlyandiyaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi — u AQSHda bu borada qiyinchiliklarga uchragandi.

Rassel 20 yoshli Helen Tomashevskiy bilan uchrashishni boshlagan. 2024 yil mart oyida juftlik o‘z yozgi uyini qurish g‘oyasini o‘yladi. Talabalar ko‘chmas mulk savdosi e’lonlari joylashtirilgan saytni ko‘zdan kechirayotganda, 36,57 ming dollarlik qariyb bir gektar orolni ko‘rib qoldi.

Yer 10 yildan beri bo‘m-bo‘sh yotgandi. Rassel orol egasiga 31 ming dollar taklif qildi va uni sotib oldi. Talabaning so‘zlariga ko‘ra, orolning narxi AQSHdan uy olishda to‘lanadigan garov puliga qaraganda kamroq bo‘lgan. Iyun oyida juftlik o‘simlik va daraxtlar bilan qoplangan uchastkada yashay boshladi. Talabalar chodir o‘rnatib, o‘simliklarni kesishga tushdi.

Biz kichik imorat qurdik, endi yuvinish xonasini qurishga urinyapman. Kelgusi yilda katta qurilish boshlanguncha yashashga qulay joy bo‘lishi uchun bazaviy lager qurishni o‘ylaganmiz”, — dedi Rassel.

Rassel va Tomashevskaya saunasi bor yozgi kottej qurishni rejalashtirmoqda. Talabalarda qurilish borasida hech qanday tajriba yo‘q. Juftlik bularning barchasi ular uchun “yangilik” ekanini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi