Foto: Pixabay
G‘arbiy Avstraliya universiteti va Harri Perkins instituti olimlari asalari zahridagi melittin peptidi saraton hujayralarini yo‘q qilishga qodirligini aniqladi. Tadqiqot natijalari NPJ Nature Precision Oncology ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Olimlar G‘arbiy Avstraliyaning Pert shahridan, shuningdek, Irlandiya va Angliyadan olib kelingan 312 ta asalari va tukli arilarning zahrini o‘rganish davomida melittin moddasining noyob saratonga qarshi xususiyatlarini kashf etdi. Ushbu peptid sut bezi saratoniga chalingan sichqonlarga yuborilganda, tadqiqotchilar uning g‘oyat kuchli ekanini aniqladi — melittin saraton hujayralarining membranalarini atigi 60 daqiqa ichida parchalay olgan.
Hayvon organizmiga yuborilganidan keyin 20 daqiqa ichida melittin saraton hujayralarining o‘sishi va bo‘linishi uchun zarur bo‘lgan kimyoviy signallarni bostirish qobiliyatini namoyon etgan.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar melittin moddasi dots.taksel singari kimyoterapiya dorilar bilan birgalikda qo‘llanganda ko‘krak bezi saratonining jiddiy turlarini davolashda samarali bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, melittin va dots.taksel kombinatsiyasi o‘smalarning o‘sishini sezilarli darajada sekinlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”