20:30 / 24.09.2024
21

Bayden G‘azo kelishuvi uchun eng yaxshi taklifni tayyorlashni buyurdi

Bayden G‘azo kelishuvi uchun eng yaxshi taklifni tayyorlashni buyurdi
Foto: AFP
AQSH prezidenti Jo Bayden o‘z ma’muriyatiga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va Falastinning HAMAS harakati tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish kelishuvi bo‘yicha “eng yaxshi va yakuniy” taklifni tayyorlash va taqdim etishni buyurdi.

Bu oy prezident Jo Bayden o‘z ma’muriyatiga o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish kelishuvi bo‘yicha eng yaxshi hamda yakuniy taklifni tayyorlash va taqdim etishni buyurdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, prezident ma’muriyati kelishuv bo‘yicha yangi taklifni taqdim etish uchun ataylab Nyu Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi davrini tanlagan. Rasmiylarga ko‘ra, hozir dunyo Nyu Yorkdagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda, bu esa barcha tomonlarni kelishuv shartlarini hozirdanoq qabul qilishga undaydi.

Shu bilan birga, ma’muriyat vakillari Isroilning “Hizbulloh” bilan ziddiyatdagi rejalaridan xabardor emasliklaridan xavotirda. NBC News telekanalining uch harbiy amaldorga tayanib xabar berishicha, AQSH prezidenti ma’muriyati va Isroil hukumati vakillari muntazam uchrashib turishiga qaramay, Isroil AQSHga o‘zining harbiy harakatlari haqida batafsil ma’lumot bermayapti.

Biroq Yaqin Sharq mintaqasi hozir jiddiy keskinlashuv yoqasida ekanligi va Isroil o‘z rejalarini AQSH bilan baham ko‘rmayotganiga qaramay, Bayden ma’muriyati Isroilni qurol-yarog‘ yetkazib berishda qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda”, deydi rasmaylar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden G‘azo kelishuvi uchun eng yaxshi taklifni tayyorlashni buyurdi