Foto: AFP
Sud Londondagi Milliy galereyada Vinsent Van Gogning «Kungaboqarlar» kartinasiga pomidor sho‘rva sepgan Just Stop Oil harakatining ikki faoliga qamoq jazosini tayinladi, deb xabar beradi BBC News.
Qayd etilishicha, 23 yoshli Fibi Plammer ikki yil muddatga, 22 yoshli Anne Xolland esa 20 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Iyul oyida sud hay’ati faollarni qonunga xilof ravishda zarar yetkazishda aybdor deb topgandi.
Plammer va Xolland 2022 yil oktyabrda, yer qa’ridan yonilg‘ilar qazib olinishiga qarshi bo‘lgan Just Stop Oil harakatining maykalarida «Kungaboqarlar» kartinasiga tomat sho‘rvasini sepib, o‘z kaftlarini kartina ostidagi devorga yopishtirgan edi. Polotno himoya oynasi ortida bo‘lgani uchun unga hech qanaqa zarar etmagan. Aksiya natijasida XVII asrga tegishli, qiymati 10 ming funt sterlingga teng Italiya romi shikastlangan.
Sudya Kristofer Xexir hukmni e’lon qilar ekan, aksiya doirasida «madaniy xazina»ga «jiddiy zarar yetishi yoki hatto yo‘q qilingan bo‘lishi» mumkinligini ma’lum qildi. «Kartinaga shikast yetdimi yoki yo‘q — sizlarga baribir. «Kungaboqarlar» bilan bunday ish qilishga haqqingiz yo‘q edi», — deydi u faollarga murojaatida.
Xolland himoyasining aytishicha, aksiyadan oldin faollar kartina himoyalanganiga ishonch hosil qilgan. Sudda o‘z manfaatlarini o‘zi himoya qilgan Plammerning ta’kidlashicha, bu nafaqat faollarga, balki «demokratiya asoslariga» ham chiqarilgan hukmdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi