Jennifer Lopes.
Foto: Marie Claire
Ben Afflek bilan ajrashayotgan Jennifer Lopes shu ketishda bor pulini sarflab tugatishi mumkin, atrofidagilarning fikricha, Jey Lo kayfiyatini ko‘tarish uchun pullarini havoga sovuryapti.
In Touch Weekly o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, xonandaning moliyaviy jamoasi xavotirga tushib qolgan, xarajatlarni darhol cheklash kerak. Jennifer Lopes dizaynerlik kiyimlari xaridiga zo‘r bergan, qolaversa, jamoasini ham kengaytirdi, bu haftalik xarajatlarda aks etmoqda.
«Avvalo ajrashish ishini yopib olish kerak, bunga 50 million dollar ketadi. Shunga qaramay, u ko‘ziga nima ko‘rinsa sotib olyapti, 50 mln dollarga tushgan uyini aytmay qo‘ya qolay», — dedi manbalardan biri.
«Aql bovar qilmas shopinglar»ni deb qo‘shiqchi 400 mln dollarga baholanayotgan boyligidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Shu yilning 20 avgust kuni Gollivud yulduzlari — Jennifer Lopes va Ben Afflek ajrashayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Jennifer Lopes advokat yollamasdan ajrashish to‘g‘risidagi arizani Los-Anjeles Oliy sudiga topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi