Bivolning sobiq rafiqasi hammani charchatib yubordi...

1 daqiqa o'qish586
Bivolning sobiq rafiqasi hammani charchatib yubordi...
12 oktyabr kuni Saudiya Arabiistonida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Kechaning asosiy to‘qnashuvida Dmitriy Bivol Artur Beterbiyevga qarshi ringga ko‘tariladi.

Kutilmaganda, bo‘lajak jangning sarlavhasini bokschilarning o‘zlari emas, balki ulardan birining sobiq rafiqasi egallab oldi. Yekaterina Bivol bir yil oldin Dmitriy haqida bayonotlar bilan ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘ldi. Avvaliga shunchaki eri uni tashlab ketganini aytdi va Bivolni yaxshi odam deb atadi. Keyin vaziyat keskinlashdi. Ayol rossiyalik bokschiga nisbatan quyidagi so‘zlarni aytib o‘tdi:

"Men Bivolga xar kuni ovqat pishirib berdim. U uchun farzandlar dunyoga keltirdim va ularni hech kimning yordamisiz, enagalarsiz katta qildim. Bundan tashqari Dmitriyga intervyularda ko‘maklashdim. Ammo yakunda u meni keraksiz chiqitga chiqardi."

Shundan so‘ng bir qator savollar Bivolga yog‘ila boshladi va bokschi quyidagicha javob berdi:

"Bu haqda hech qanday izoh berishni va shaxsiy hayotim haqida gapirishni istamayman. Umid qilamanki, hammasi tez orada yaxshi bo‘ladi."

Beterbiyevga qarshi jang sanasi '’lon qilingach, biroz o‘tib Yekaterina Dmitriy g‘alaba qozonishini aytdi. Ammo avgust oyiga kelib, ayol raqib tomoniga o‘tib ketdi:

“Men Arturni qo‘llab-quvvatlayman. Bivol bizdan butunlay yuz o‘girgani uchun unga la’nat bo‘lsin. Endi men doimo unga qarshi kurashaman."

Yekaterina Bivolning ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lishining asosiy sababi puldir:

"Bivol o‘g‘illarimga daromadining 33 foizini to‘lash majburiyatini olmaguncha bo‘lajak jangni bekor qilaylik. Saudiyaliklar, farzandlarimga yordam berishingizni so‘rayman."

Shu bilan bir qatorda, Yekaterina o‘z nomini targ‘ib qilishda faol ishtirok etdi. U MMA turnirlariga bordi, u yerda ko‘plab intervyular berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yekaterina promouter Alfredo bilan do‘stona aloqada bo‘lgan, ammo bu Dmitriy Bivolni g‘azablantirgan. Bu nizoga yana bir sabab 'htimol, bokschining ham qiz bola do‘sti borligi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Yekaterina ma’lum qilgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?