G‘azo fojiasiga bir yil: Erdo‘g‘on Netanyahu borasida keskin bayonot berdi

1 daqiqa o'qish158
G‘azo fojiasiga bir yil: Erdo‘g‘on Netanyahu borasida keskin bayonot berdi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham xuddi natsistlar yetakchisi Adolf Gitler to‘xtatilganidek to‘xtatiladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Erdo‘g‘onning ushbu keskin bayonoti G‘azodagi mojaro boshlanganining bir yilligi sabab yangragan.

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Isroil ertami-kechmi «bir yil davomida sodir etgan va shu kungacha davom ettirayotgan bu genotsid uchun to‘lov to‘laydi».

Erdo‘g‘on Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni fashistlar Germaniyasi yetakchisi Adolf Gitlerga qiyosladi va u ham «insoniyatning umumiy ittifoqi tomonidan to‘xtatilishini» aytdi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabrda, HAMAS G‘azo sektoridan Isroil hududiga kirganida keskinlashdi. Bunga javoban Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanini ma’lum qildi. Mintaqadagi shafqatsiz mojaro bir yildan ortiq davom etmoqda, qo‘shni davlatlar ham uning orbitasiga asta-sekin tortilmoqda. Urush oqibatida 50 mingga yaqin falastinlik halok bo‘ldi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?