12:20 / 09.10.2024
49

Italiyada HAMASni qo‘llab-quvvatlagan imom deportatsiya qilindi

Italiyada HAMASni qo‘llab-quvvatlagan imom deportatsiya qilindi
Foto: informazione.it
Italiya Ichki ishlar vazirligi Bolonyadagi masjidda faoliyat yuritgan, kelib chiqishi pokistonlik imom Zulfiqor Xonni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Corriere della Sera xabar berdi.

Mahalliy nashrning yozishicha, imom “radikal islomiy pozitsiyalar”ni, shuningdek, HAMAS harakatini qo‘llab-quvvatlagan. Italiya ichki ishlar vazirligi u terrorchilik tendensiyalarining tarqalishiga hissa qo‘shgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Imom 2023 yilda “o‘sib borayotgan mafkuraviy aqidaparastlikni ko‘rsatib, radikal islomga murojaat qila boshlaganida” rasmiylar e’tiborini tortgan, deyiladi xabarda.

2023 yil noyabrida u xorijiy davlatlarni sionizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Shu bilan birga, imom faqatgina diniy rahbar sifatida Falastin-Isroil mojarosi haqidagi shaxsiy fikrini bildirganini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada HAMASni qo‘llab-quvvatlagan imom deportatsiya qilindi