21:16 / 10.10.2024
1

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti yozuvchi Xan Ganga berildi

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti yozuvchi Xan Ganga berildi
Foto: Getty Images
Nobel qo‘mitasi adabiyot bo‘yicha 2024 yilgi mukofot laureatini e’lon qildi. Mukofotga janubiy koreyalik Han Kang loyiq ko‘rildi. Uning asarlari «tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini aks ettiruvchi kuchli she’riy nasr» sifatida e’tirof etildi.

Han Kang 2016 yilda «Vegetarian» romani uchun Xalqaro Buker mukofotini qo‘lga kiritgandi.

Han Kang 1970 yilda yozuvchi Xan Sinvon oilasida dunyoga kelgan. U o‘zining yozuvchilik karerasini she’rlaridan biri «Jamiyat va adabiyot» jurnalida chop etilganidan keyin boshlagan. Uning rasmiy debyuti oradan bir yil o‘tgach «Alvon langar» hikoyasi uchun Seul Sinmun adabiyot tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritish bilan boshlangan.

Han Kang 2021 yilda «Men vidolashmayman» romanini chop etgan — unda uch nafar ayol nomidan Chejudo orolidagi isyon haqida hikoya qilinadi.

7 oktyabr kuni Nobel haftaligiga start berildi. Birinchi bo‘lib, fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha mukofot egalarining nomi e’lon qilindi. Amerikalik olimlar Viktor Ambros va Geri Ravkan mikroRNKni kashf qilgani uchun bu yilgi mukofot bilan taqdirlandi.

Fizika bo‘yicha mukofot esa Jon Xopfild va Jeffri Xintonga nasib etdi — ularga mukofot «sun’iy neyron tarmoqlari yordamida Machine Learning‘ning asosini tashkil etuvchi fundamental kashfiyotlar va ixtirolar uchun» beriladi.

10 oktyabrda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblarining nomlari ma’lum bo‘ladi. 11 oktyabr kuni Osloda tinchlik mukofoti sovrindori e’lon qilinadi, 14 oktyabrda esa iqtisodiyot bo‘yicha mukofot g‘olibi aniqlanadi. Nobel mukofotining har bir kategoriyasi uchun 11 million shved kronasi taqdim etiladi. Bu bir million dollardan biroz ko‘proq.

Adabiyot bo‘yicha, Nobel mukofoti, Yozuvchi Xan Gan

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti yozuvchi Xan Ganga berildi
ePN