date
views 133

Koreyslar yaponlarning ajdodi ekanligi aniqlandi

Koreyslar yaponlarning ajdodi ekanligi aniqlandi
Foto: Culture Whiz
Olimlar yapon xalqining shakllanishida Koreya yarimorolidan koʻchib kelganlarning genlari katta rol oʻynaganini aniqlashdi. Bu haqda Human Genetics jurnali yozdi.

Yapon olimlari genetik-populyatsiya tadqiqoti natijasida shunday xulosaga kelishdi.

«Kelib chiqishi Sharqiy Osiyo va shimoli-sharqiy Sibirga borib taqaluvchi Koreya aholisi Yayoi va Kofun davrlari oraligʻida (Yayoi davri — taxminan 3 ming yil avval, Kofun davri — taxminan milodiy III-VI asrlar) Yapon orollariga muntazam koʻchib oʻtgan», — deyiladi tadqiqotda.

Koreya yarimorolidan kelgan koʻchmanchilar hozirgi Yaponiya hududida yashagan Dzyomon xalqi bilan aralashib ketgan. Zamonaviy yaponlar oʻsha aralash xalqning avlodlari sanaladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koreyslar yaponlarning ajdodi ekanligi aniqlandi