Foto: Anadolu Agency
Isroil harbiy-havo kuchlari Livanning sharqiy va janubiy hududlaridagi turar joy binolari va savdo majmualariga zarbalar berdi: 19 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi yaralandi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning mamlakat janubidagi Nabatiya tumanida Kessar Zater mavzesiga uyushtirgan havo hujumi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.
Livan sharqidagi Hermel tumani mavzelaridan biriga havo hujumi uyushtirilgani oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana o‘n kishi yaralandi.
Livanning NNA rasmiy axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari mamlakat janubidagi Bint Jubayl tumanidagi Haris qishlog‘idagi uyga zarba berishi natijasida ikki kishi halok bo‘lgan. Sayda tumanining Tuffahata qishlog‘iga havo hujumi oqibatida yana olti kishi halok bo‘ldi.
Livan sharqida, Baalbek tumanidagi Nebi Shit aholi punktida uy Isroil samolyotlari tomonidan nishonga olinishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”