06:00 / 28.10.2024
26

Xorvatiya Bosh vaziri 2025 yilda O‘zbekistonga kelishi mumkin

Xorvatiya Bosh vaziri 2025 yilda O‘zbekistonga kelishi mumkin
O‘zbekiston delegatsiyasi Zagrebda Xorvatiya rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi shu yilning 22-24 oktyabr kunlari tashrif bilan Xorvatiyada bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va siyosiy muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrifning muhim voqealaridan biri Xorvatiya Bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan muzokaralar bo‘ldi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida turli yo‘nalishlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, transport va infratuzilma, energetika, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohalarida aloqalarni chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xorvatiya hukumati rahbari O‘zbekiston Prezidentining ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish borasidagi tashabbuslarini yuqori baholadi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorvatiya Bosh vaziriga 2025 yilda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelish bo‘yicha taklifi yetkazildi.

Shuningdek, tashrif doirasida, Xorvatiya Bosh vaziri o‘rinbosari, dengizchilik, transport va infratuzilma vaziri Oleg Butkovich, Xorvatiya Tashqi ishlar hamda Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirliklari rahbariyati bilan ham uchrashuvlar o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xorvatiya Bosh vaziri 2025 yilda O‘zbekistonga kelishi mumkin