Zelenskiy: Tomahawk haqidagi ma’lumotlar maxfiy edi

1 daqiqa o'qish100
Zelenskiy: Tomahawk haqidagi ma’lumotlar maxfiy edi
Foto: news.telegraf.com.ua
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevning Rossiyani to‘xtatib turish uchun Amerikaning o‘rta masofaga uchuvchi «Tomagavk» (Tomahawk) qanotli raketalarini yetkazib berish haqidagi iltimosini tasdiqladi. Biroq u 30 oktyabr, chorshanba kuni Shimoliy Yevropa OAV vakillari bilan suhbat chog‘ida bu Ukraina va AQSH rasmiylari o‘rtasidagi maxfiy ma’lumot ekanini aytdi.

«Ommaviy axborot vositalarida hozir nima bo‘layotganini ko‘ryapsiz: ular Ukraina «Tomagavk» kabi ko‘plab raketalarni olishni xohlayotganini aytishyapti. Lekin bu Ukraina va Oq uy o‘rtasidagi maxfiy ma’lumotlar edi. Bu xabarlarni qanday tushunish mumkin. Bu hamkorlar o‘rtasida hech qanday maxfiy narsa yo‘qligini anglatadi», — dedi Ukraina rahbari.

Tomahawk raketalarining masofasi Kiyev ilgari oz miqdorda olgan ATACMS qattiq yonilg‘ida ishlovchi taktik ballistik raketalaridan yetti baravar ko‘p.

NYT: Zelenskiyning «tiyib turish paketi»ga Tomahawk kiritilgan

Bir kun avval The New York Times (NYT) Zelenskiyning G‘arbga taqdim etgan «g‘alaba rejasi»ning ommaga oshkor etilmagan qismi «yadroviy bo‘lmagan tiyib turuvchi paket»ni o‘z ichiga olgani, u, Kiyevga ko‘ra, Tomahawk raketalarini olishni o‘z ichiga olishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Shu bilan birga, yuqori martabali amerikalik mulozimga ko‘ra, Kiyevning iltimosi Vashingtonga «mutlaqo imkonsiz» ko‘rinyapti.

Shimoliy Yevropa OAVga bergan intervyusida Zelenskiy «g‘alaba rejasi» doirasida Qo‘shma Shtatlardan uzoq masofali qurollar paketini nega so‘raganini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, bu qurollar, birinchi navbatda, Rossiya vaziyatni keskinlashtirgan taqdirda, to‘xtatuvchi vosita bo‘lib xizmat qilishi kerak edi.

«Men bu ogohlantiruvchi usul ekanligini aytdim, ular bu eskalatsiya deb javob berishdi», dedi u.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?