Lamin Yamal ikki yigitga restoran tavsiyasi uchun qimmatbaho sovg‘a berdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Barselona” yulduzi Lamin Yamal ishtirokidagi video
keng tarqalmoqda. Unda futbolchi avtomobilda ketayotib, yo‘lda uchratgan ikki yigitning yonida to‘xtaydi va ulardan kechki ovqat uchun tinch hamda yoqimli muhitga ega restoran tavsiya qilishlarini so‘raydi.
Yigitlar unga o‘zlari bilgan restoranlardan birini tavsiya qilishadi. Buning uchun minnatdorchilik sifatida Lamin Yamal ularga “Beats” brendining qimmatbaho quloqchinlarini sovg‘a qiladi.
Kutilmagan sovg‘adan hayratga tushgan yigitlar dastlab ko‘zlariga ishonmay qolishadi. Xayrlashishdan oldin esa futbolchi ular bilan birga suratga tushadi.
Oddiygina restoran tavsiyasi bilan boshlangan uchrashuv ikki yigit uchun unutilmas xotiraga aylandi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…