Foto: Britannica
“Oltin globus” mukofoti sovrindori, aktyor Richard Gir AQSHni bir umrga tark etib, oilasi bilan Yevropaga ko‘chib o‘tishga qaror qildi, deb xabar bermoqda News.ru. Qayd etilishicha, aktyor rafiqasi Alexandra Silvaning vatani Ispaniyaga ko‘chib o‘tadi va u yerda ayoli qarindoshlari bilan ko‘proq vaqt ajratishiga zamin yaratadi.
Amerikaning rieltorlik agentligi vakili “Sohibjamol” filmi yulduzi Konnektikutdagi ranchosini 10,75 million dollarga sotganini tasdiqladi. Er-xotin u yerda atigi ikki yil yashagan. Yaqinda Vanity Fair Spain nashriga bergan intervyusida Richard Gir rafiqasi Silvaning vataniga qaytish istagi borligini aytgan edi.
Aprel oyida aktyor uzoq vaqtdan beri birinchi marta rafiqasi bilan omma oldida ko‘rinish berdi. Girning ayoli aktyordan 33 yosh kichik. Ular Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan City Harvest Gala-2024 xayriya oqshomida ishtirok etishdi. Juftlik so‘nggi marta ijtimoiy tadbirlarga o‘tgan yilning yanvar oyida tashrif buyurgan edi. Richard Gir yopiq turmush tarziga amal qilishga harakat qiladi.
Richard Gir rafiqasi Alexandra Silva bilan
Foto: Newsweek
Ma’lumot uchun, Richard Gir 1949 yilda AQSHda tug‘ilgan. Gir 1967 yilda Shimoliy Sirakuzadagi maktabni tamomlagandan so‘ng gimnastika va falsafa bilan shug‘ullangan. Richard Gir kino olamdagi faoliyati davomida “Ofitser va jentlmen”, “Men u yerda emasman”, “Xatiko: Eng sodiq do‘st” , “Chikago” kabi mashhur filmlarda suratga tushgan. Aktyor “Oltin globus”, “Emmi” va kino sohasidagi boshqa nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Gir va Silva 2018 yilda turmush qurgan, ularning ikki nafar umumiy farzandlari bor. Shuningdek, har birining oldingi munosabatlaridan bir nafardan farzandi ham bor. 2019 yilda oilada birinchi umumiy merosxo‘ri dunyoga keldi. O‘sha paytda aktyor 70 yoshda edi. Oradan bir yil o‘tib oilada yana bir o‘g‘il farzand tug‘ilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp saylovda yutganini e’lon qildi: “Urushlarni to‘xtatmoqchiman”
Isroilning urush jinoyatlari uchun ramziy «G‘azo tribunali» tuzildi
Erdo‘g‘on turkiy alifboga o‘tishga tayyor davlatlarni aytdi
Erdo‘g‘on Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi nizoning yagona yechimini aytdi
Daniyalik siyosatchi musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoqqa hukm qilindi
Rossiya tomoni Donald Trampning g‘alabasiga izoh berdi